Markaz tomonidan fuqarolarga Davlat budjeti mablag‘lari xisobidan bepul
OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibi
Chet davlatlarda uzoq vaqt bo‘lib (3 oydan ortiq), O‘zbekistonga qaytgan respublika fuqarolarini OIVga tekshirish, ularda klinik va epidemiologik ko‘rsatmalar bo‘lgan holatlarda yashash joyidagi tibbiyot muassasasining yo‘llanmasi asosida bepul ravishda amalga oshiriladi, qolgan holatlarda OIVga tekshirish bilan bog‘liq xarajatlar tekshiriluvchi hisobidan qoplanadi.
Chet davlatlarida uzoq vaqt bo‘lib (3 oydan ortiq), O‘zbekistonga qaytgan respublika fuqarolari quyidagi klinik va epidemiologik ko‘rsatmalarga muvofiq bepul OIVga tekshiriladi:
- odam savdosi jabrdiydalari;
- OIV infeksiyasi yuqishi xavfi yuqori bo‘lgan xulq-atvorli shaxslar (giyohvandlik, fohishalik, besoqolbozlik bilan shug‘ullanganlar);
- OITS indikator kasalliklari (sil, o‘sma, kandidozlar va b.q.) mavjud bo‘lgan shaxslar;
- homiladorlar;
- 18 yoshgacha bo‘lgan va 60 yoshdan kattalar;
- jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganlar;
- chet davlatlardan deportatsiya qilingan shaxslar;
- chet davlatlarda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan shaxslar;
- qon, uning tarkibiy qismlari va komponentlari quyilgan, organ va to‘qimalar ko‘chirib o‘tkazilgan shaxslar;
- jinsiy sherigida OIV infeksiyasi aniqlangan shaxslar.
Nikohlanuvchi shaxslarni OIVga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, fuqarolarni doimiy turar joyidagi shahar va tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i bilan belgilab qo‘yilgan tibbiyot muassasasi tomonidan bepul ravishda amalga oshiriladi, hamda tekshiruv natijasi manfiy bo‘lganda ma’lumotnoma beriladi. Nikohlanuvchi shaxslarga OIV mavjud emasligi to‘g‘risidagi sertifikat berilmaydi.
Mazkur tartib Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 maydagi 336 — sonli buyrug‘i 3 – ilovasada belgilab qo‘yilgan.
Xorazm viloyat OITSga qarshi kurash markazi “Pullik xizmat bo‘limi”da o‘tkaziladigan qon taxlillari narxi
P R Ye Y S K U R A N T I*
№ | Tekshiruv turi | Narxi (so‘m) |
1. | Qonda OIV infeksiyasiga oddiy (IFA) tekshiruv | 59000 |
2. | Qonda OIV infeksiyasiga tezkor (ekspress usulida) tekshiruv | 70000 |
3. | Qonda virusli gepatit V ga oddiy (IFA) tekshiruv | 39000 |
4. | Qonda virusli gepatit S ga oddiy (IFA) tekshiruv | 39000 |
5. | Qonda virusli gepatit V ga tezkor (ekspress usulida) tekshiruv | 53000 |
6. | Qonda virusli gepatit S ga tezkor (ekspress usulida) tekshiruv | 56000 |
* Xizmat narxlari Xorazm viloyat OITSga qarshi kurash markazi bosh vrachi tomonidan 2024yil 3 yanvarda tasdiqlangan.