Tashkiliy tuzilma

Xorazm viloyat viloyati OITSga qarshi kurash markazi  faoliyati va tuzilmasi. Epidemiologik monitoring, Poliklinika, Uslubiy profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish  bo‘limi, Laboratoriya majmuasi va tumanlararo OIV taxlil laboratoriyalari mavjud.

Markazning Uslubiy profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish bo‘limi.

Jami 7 nafar xodim faoliyat ko‘rsatib, ular asosan markazning tashkiliy , uslubiy faoliyatini amalga oshiradilar. Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida OIV infeksiyasining oldini olish borasida viloyat aholisining barcha qatlamlari jumladan, maktab, kollej, oliy o‘quv yurtlari o‘quvchi va talabalari, mahalla, korxona va tashkilotlar, harbiy qism xizmatchilari orasida tushuntirish- targ‘ibot ishlarini turli yo‘llar- davra suhbatlari, savol-javob kechalari, ma’ruza va suhbatlar, seminarlar orqali uyushtirib, o‘tkazib kelinmoqda. Bundan tashqari OIV infeksiyasining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar-“OIV infeksiyasi tarqaliga qarshi tadbirlarni muvofiqlashtirish viloyat komissiyasi”, viloyat favqulotda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasi, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hayat yig‘ilishlari, viloyat sanitariya- epidemiologiya kengashi yig‘ilishlarini  tashkil etish, o‘tkazish hamda ushbu yig‘ilishlar qarorlari va yuqori tashkilotlar buyruq va farmoyishlari, me’yoriy va huquqiy hujjatlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyat miqyosidagi monitoringi olib boriladi. Shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga joylarga chiqib, bu borada amaliy- uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Epidemiologik  monitoring bo‘limi.

Jami 7 nafar xodimlar faoliyat yuritishadi. Bo‘lim tomonidan asosan OIV infeksiyasi profilaktikasi yo‘nalishida bemorlar, ularning oila a’zolari, muloqatda bo‘lgan barcha shaxslar bilan epidemik surishtiruv o‘tkazilib, ular o‘rtasida kasallikni yuqtirganlar bor yoki yo‘qligi, yuqtirish sabablari aniqlanadi hamda boshqa shaxslarga yuqmaslik tadbirlari olib boriladi. OIV infeksiyasi ustidan Dozorli epidemiologik nazorat  o‘tkaziladi.

Poliklinika bo‘limi.

Jami 18 nafar   xodim faoliyat yuritishadi. Ular tomonidan asosan OIV infeksiyali bemorlarni ro‘yxatga olib, dispanser nazorati o‘rnatish, bemorlarga  test oldi va testdan keyingi maslahatlar berish,  tashxis qo‘yish, OIV infeksiyali bemorlarni davolash va ularni parvarish qilish,  OIV infeksiyasiga tekshirishga yo‘naltirish bo‘yicha maslahatni tashkil etish va o‘tkazish ,OIV infeksiyali bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish,  OIV infeksiyasi bilan bog‘liq kasalliklari mavjud bemorlar va ularning yaqinlariga ruhiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, tibbiyot muassasalariga OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolashning zamonaviy usullarini joriy etish kabi ishlar bilan shug‘ullanib kelishmoqda.

Laboratoriya majmuasi.

Jami tumanlararo OIV taxlil laboratoriya bo‘limlari bilan birga 54 nafar xodimlar faoliyat yuritishadi. Hozirgi kunda laboratoriya OIV infeksiyasini aniqlash uchun eng zamonaviy asbob uskunalar bilan to‘liq jihozlangan. Laboratoriyada IFA(immunoferment analiz), PZR(polimiraza zanjirli reaksiya),
SD-4(immunitet ko‘rsatkichini aniqlash), IB (immunoblot), umumiy qon va peshob tahlillari, biokimyoviy tahlillar o‘tkaziladi.