XORAZM VILOYaTI OITSGA KARShI KURASh MARKAZI TARIXI
Markazga 1999 yil 10 noyabrda Urganch shahar hokimiiing 556-v sonli Qarori chiqarilib, “Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligini oldini olish va qarshi kurashish viloyat markazi” nomi berilgan.
Markaz dastlab Urganch tumanidagi “Ona va bola” shifoxonasi binosida joylashgan. 2008 yildan boshlab, markazda OIV infeksiyali bemorlarga ARVT o‘tkazilishi boshlangan. Markazda 5 ta bo‘lim: ma’muriy bo‘limi, laboratoriya majmuasi, epidemiologik monitoring bo‘limi, poliklinika bo‘limi, metodik, profilaktik va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkil etish bo‘limlari tashkil etilgan.
Xorazm viloyat OITSga qarshi kurash markaziga turli davrlarda rahbarlik qilgan markaz bosh vrachlari
2005 yillargacha kasallikning parenteral yukish yo‘li yuqori darajada (49%) bo‘lgan, 2005 yillardan keyin o‘tkazilgan chora — tadbirlar natijasida kasallik parenteral yul orqali yuqishi kamayishni boshlagan. Kasallik gibbiyot xodimlari orasida birinchi marotaba 2009 yilda kayd kilingan. Viloyatda birinchi marta OIV infeksiyali bemor 2001 yil 16 iyulda aniqlangan. Xomilador ayolda OIV infeksiyasi birinchi marta 2005 yilda aniklangan. OIV infeksiyali xomilador ayoldan birinchi marta 2005 yil 3 oktabrda bola tugilgan, bolani OIVga tekshirilganda natija manfiy bulgan. OITSdan birinchi marta ulim xolati 2002 yil 26 iyulda kayd etilgan, 1955 yilda tugilgan bemor vafot etgan. Oxirgi yillarda barcha xomiladorlarni OIV infeksiyasiga erta muddatlarda tekshirish natijasida kasallikning vertikal yukishini oldi olinmokda. Viloyat OITSga karshi kurash markazi 1987 yilda tashkil topgan bo‘lsa, shu o‘tgan yillar mobaynida ancha ijobiy o‘zgarishlar va yutuqlarga erishilgan. 2004 yilda markaz 1 ta kompyuter bilan ta’minlangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib markazning moddiy texnik bazasi yildan yilga rivojlantirilib, eng so‘ngi rusumdagi zamonaviy apparaturalar va zaruriy inventarlar bilan ta’minlangan. OIV infeksiyasini epidemiologik nazorati olib borish uchun “Epidemiologik kuzatuv” dasturi o‘rnatilgan. Laboratoriya kompleksida 1987 yilda fakatgina OIV infeksiyasiga IFA usulidagi taxlillar o‘tkazilgan. Shu davrda laboratoriya bo‘limida faqat “Akis” nomli uskuna bo‘lgan, ishlatilgan laboratoriya anjomlari qo‘lda yuvilgan. 2005 yilda laboratoriyaga avtomatik yuvish apparatlari o‘rnatilgan. 2007 yildan boshlab ekspress testlar usulida taxllillar o‘tkazila boshlagan. 2011 yilda markazda SD4 va PZRga taxlillar o‘tkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar olingan va ushbu taxlillarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. 2014 yil mart oyidan boshlab laboratoriya majmuasida VGV va VGS markerlariga tekshiruvlar hamda bioximik taxlillar o‘tkazish yulga qo‘yilgan. Ushbu taxlillar uchun zamonaviy uskunalar bilan ta’minlangan. 2019 yilda virusli gepatit «V» va «S» infeksiyalarini sifatiy va miqdoriy taxlillar o‘tkazish uchun PZR (PSR) apparatlar komplekti sotib olindi.