Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) — odamning surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligini qo‘zg‘atuvchisi;
OIV infeksiyasi — odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligi;
OIVni yuqtirib olganlar — odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar;
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) — odamning immunitet tanqisligi virusi odamning immun tizimini shikastlashi natijasida kasallik belgilari kelib chiqadigan OIV infeksiyasining so‘nggi bosqichi.