Anonim xona

Bugungi kunda Xorazm viloyatida 4 ta Ishonch xona faoliyat yuritmoqda. Ushbu ishonch  xonalar Urganch shahar, Xazorasp, Qo‘shko‘pir tuman tibbiyot birlashmalarida xamda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi qoshida tashkil etilgan bo‘lib, mazkur Ishonch xonalarda ishlovchi tibbiyot xodimlari OIV infeksiyasi yuqish xavfi yuqori bo‘lgan guruhga mansub shaxslar o‘rtasida  OIV infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbiolarni amalga oshiradi.