📋Joiry yilning 28 sentabr kuni Yangariq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 84-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tuman «Yoshlar ishlari agentligi Yangariq tuman bo’limi» bilan hamkorlikda ko’ngilli volontyor yoshlar ishtirokida o’quv-seminar tashkil etildi. 🗒Seminarda oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish, kasallikning avj olishi oldini olish yo’llari, birinchi alomatlari aytib o’tildi va muhim tavsiyalar hamda ko’rsatmalar berildi. 📉Shu bilan birga OIV infeksiyasi yuqush xavfi yuqori bo’lgan guruhlar ko’rsatib o’tildi.

30.09.2022 0 Автор Муҳаррир