19.09.2022 0 Урганч тумани Имом Фахриддин ар Разий ўрта ислом билим юртида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2022 йил 21 февралдаги “Ўзбекистон Республикасининг одамнинг иммунитет танқислиги вирус келтириб чиқарадиган касаллик (ОИВ инфекцияси) тарқалишига қарши кураш бўйича ёшлар фаоллигида олиб бориладиган тизимли тарғибот тадбирлари концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги 84-сонли Қарори ижросини таъминлаш мақсадида Урганч тумани Имом Фахриддин ар Разий ўрта ислом билим юртининг ўқув залида вилоят ОИТСга қарши кураш маркази МПваЭҚИТЭ бўлим мудири Б.Б.Ходжаханова, врачлари Ш.С.Атаханов ва Ш.Ш.Абдуллоевлар томонидан Ўзбекистон Мусулмон идораси Хоразм вилояти бўлими билан хамкорликда талабалар ўртасида ўқув-семинар ташкил этилди. Семинарда талабаларга соғлом турмуш тарзини шакллантириш, ОИВ инфекциясини олдини олиш тўғрисида айтиб ўтилди ва иштирокчиларга тарқатма материаллар буклет ва эслатмалар тарқатилди. Автор Муҳаррир
19.09.2022 0 Joiry yilning 16 sentabr kuni Xonqa tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 84-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tuman «Yoshlar ishlari agentligi Xonqa tuman bo’limi» bilan hamkorlikda ko’ngilli volontyor yoshlar ishtirokida o’quv-seminar tashkil etildi. 🗒Seminarda oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish, kasallikning avj olishi oldini olish yo’llari, birinchi alomatlari aytib o’tildi va muhim tavsiyalar hamda ko’rsatmalar berildi. 📉Shu bilan birga OIV infeksiyasi yuqush xavfi yuqori bo’lgan guruhlar ko’rsatib o’tildi. Автор Муҳаррир
19.09.2022 0 «OIV infeksiyasi profilaktikasi, yuqish yo’llari va uning oqibatlari» mavzusida seminar tashkil etildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari o’rtasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida Viloyat OITSga qarshi kurash markazi bo’lim mudiri Xodjaxanova.B ishtirokida «OIV infeksiyasi profilaktikasi, yuqish yo’llari va uning oqibatlari» mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar davomida sog’lom turmush tarzini targib qilish, sog’lom avlodni tarbiyalash bo’yicha hamda OIV bilan og’ringanlarning respublika bo’yicha raqamlardagi statistik ma’lumoti, davolash va undan saqlanish yo’llari haqida so’z bordi. Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga soha mutaxassisidan kerakli javoblarni oldilar. Автор Муҳаррир