27.09.2023 0 Вилоят ОИТСга қарши кураш маркази томонидан ташкил қилинган Мобил лаборатория ва тарғибот гурухи томонидан Хива ШТБ билан ҳамкорликда 25.09.2023 й.куни Хива шахар 1-сон ОП худудида акция ва тарғибот ишлари олиб борилди. Акция давомида Мобил лаборатория томонидан ОИВ инфекциясига ахолини ихтиёрий, аноним тарзда экспресс тест усулида бепул равишда текширилди. 1-сон ОПга қарашли махаллалардаги оилаларда индивидуал тарзда хамда ахоли гавжум жойларда ОИВ инфекцияси профилактикаси бўйича маъруза ва сухбатлар ўтказилди. Автор Муҳаррир
27.09.2023 0 UrDu ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida 2-kurs talabalari bilan ,,Sogʻlom turmush tarzi-salomatlik garovi’’ mavzusida Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazi shifokori Shavkat Ataxonov bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida talabalarni qiziqtirilgan savolarga javob berildi 25.09.2023 Fakultet tyutori: M Masharipova Автор Муҳаррир
27.09.2023 0 ‼️ Joriy yilning 11-15 sentabr kunlari Moskva shahrida “OIV infeksiyasining dolzarb masalalari, ya’ni tashxis qo‘yish, davolash, oldini olish va OIV bilan yashayotgan shaxslar bilan muloqot asoslari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. ✅ Unda Respublika bo‘yicha 15 ta hududiy OITSga qarshi kurash markazlaridan 15 nafar vrach epidemiolog ishtirok etdi. Tadbir tashkilotchilari uchun «LaSky» markazi, migrantlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolari bilan ishlash bo‘yicha NNT va OIV infeksiyali shaxslarni stasionar davolovchi «H-Clinik» klinikasiga safar uyushtirildi. Seminar ishtirokchilariga Moskvadagi amaliy epidemiologlar bilan videokonferensiya orqali muloqot qilish imkoniyati yaratildi. ✅ Shu bilan birga “Bolalar o‘rtasida OIV infeksiyasining dolzarb muammolari” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada OITSga qarshi kurashish markazi epidemiologlari, OIV bilan tug‘ilgan bolalarga tashxisini kech oshkor etish muammolari va Respublikamizda “OIV infeksiyasi” bo‘yicha yangicha yondoshuvni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ldilar. Автор Муҳаррир