2024-yil 1-avgust kuni viloyat OITSga qarshi kurashish markazi va Urganch shahar IIB bilan xamkorlikda Sog’lom xayot tadbirining 2-bosqichi yuzasidan OIV infeksiyasi profilaktikasi bo’yicha Urganch shahri bo’ylab tag’ibot-tashviqot ishlari va aksiya tadbirlari o’tkazilmoqda. Jumladan Urganch shahar temir yo’l vokzalida yo’lovchilar va kuzatuvchilar o’rtasida ma’ruza va suxbatlar o’tkazildi, qatnashchilardan ixtiyoriy ravishda OIV infeksiyasi, VGV, VGS va zaxm kasalliklariga bepul ravishda ekspress-test usulida tekshirildi. Targibot tadbirlari davomida xaydovchilar va yo’lovchillar bilan ma’ruza va suxbatlar o’tkazilib OIV infeksiyasini oldini olishga doir tarqatma materiallari tarqatildi.

08.08.2024 0 Автор Муҳаррир