2024-yil 10-sentyabr kuni viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari va Yangibozor TTB bilan xamkorlikda aksiya va targ’ibot tadbirlari o’tkazildi. Aksiya doirasida Ko’p tarmoqli markaziy poliklinika xududida axolidan bepul ravishda OIV infeksiyasi, VGV,VGS va Zaxm kasalliklariga ekspress test usulida tekshirildi va testdan oldingi va testdan keyingi maslaxatlar berildi. Targ’ibot tadbirlari doirasida mutaxassislar tomonidan xududdagi masjidlar, FXDYo, maktab va axoli gavjum joylarda OIV infeksiyasini oldini olish bo’yicha ma’ruzalar o’qilib tarqatma materiallari tarqatildi.

12.09.2024 0 Автор Муҳаррир