31.01.2025 0 2025-yil 28-yamvar kuni viloyat OITSga qarshi kurashish markazi shifokori Sh.S.Kuchkarova tomonidan Urganch tumanida joylashgan Agrotexnikum talabalari o’rtasida OIV infeksiyasini oldini olish mavzusida ma’ruza o’tkazildi. Автор Муҳаррир
30.01.2025 0 28.01.2025y. kuni viloyat OITSga qarshi kurashish markazi shifokori Sh.Kuchkarova tomonidan Urganch tuman FXDYo bo‘limida nikohlanuvchilar o‘rtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi, mavzuga doir buklet tarqatildi. Автор Муҳаррир
30.01.2025 0 Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi o‘rta tibbiy xodimi M.Qazaqova tomonidan Urganch tuman 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “OIV infeksiyasi profilaktikasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi, mavzuga doir bukletlar tarqatildi. Автор Муҳаррир
30.01.2025 0 O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligida, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda imom-xatiblar va aholi ishtirokida davra suxbati o‘tkazildi. Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi Sh.S. Ataxanov tomonidan OIV infeksiyasi, OITS profilaktikasi bo‘yicha ma’ruza qilindi.Tadbir davomida OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallik profilaktikasi hamda nikohgacha tibbiy ko‘rikning ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Автор Муҳаррир
24.01.2025 0 ‼️ Знаете ли вы о ВИЧ и его профилактике? ❓ В каких случаях ВИЧ не передается? Автор Муҳаррир
24.01.2025 0 2025-yil 22-yanvar kuni Urganch TTB KTMPda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan aksiya va tag’ibot tadbirlari o’tkazildi. Aksiya davomida axolidan bepul ravishda anonim tarzida OIV infeksiyasi, gepatit B, gepatit C va zaxm kasalliklariga ekspress test usulida tekshirildi. Targ’ibot tadbirlari doirasida Bo’ston MFY, Mevazor MFY va Yoshlik MFY xududida OIV infeksiyasini oldini olish mavzusida ma’ruza va suhbatlar o’tkazildi. Автор Муҳаррир
21.01.2025 0 Uzoq muddatli yod yetishmasligi yurak, qon-tomir kasalliklariga sabab bo’ladi Yod salomatlik uchun zarur boʻlgan mikroelementdir. U miya rivojlanishi, oʻsish, yaralarning bitishi va normal metabolizm uchun zarur boʻlgan qalqonsimon bez gormonlari ishlab chiqarilishida muhim rol oʻynaydi. Qanday belgilar tanada yod yetishmasligini koʻrsatadi? ✈️Holsizlik, sustlik, charchoq hissi; ✈️Ortiqcha vazn; ✈️Soch toʻkilishi; ✈️Quruq teri; ✈️Yomon kayfiyat va tushkunlik; ✈️Doimiy sovuq qotish; ✈️Pulsning sekinlashishi, aritmiya; ✈️Oʻqish va xotira muammolari; ✈️Ogʻriqli yoki tartibsiz hayz koʻrish; ✈️Zaif immunitet; ✈️Shishish; ✈️Ich qotishi; ✈️Buqoq – qalqonsimon bez hajmining oshishi. Agar sizda ushbu belgilardan bir nechtasi uchrasa, endokrinologga murojaat qilishingiz zarur. Shifokor klinik va laboratoriya tekshiruvlari asosida tashxis qoʻyib, davo choralarini buyuradi. Tanadagi yod tanqisligini oldini olish uchun uni oziq-ovqat bilan tez-tez iste’mol qilish kerak. Qanday ovqatlarda yod elementi mavjud? ✔️dengiz oʻtlari; ✔️dengiz baliqlari; ✔️dengiz mahsulotlari; ✔️ozroq miqdorda sut, tuxum, kartoshka va boshqalarda. ✔️Har bir oilaning kundalik ratsionida yodlangan tuz boʻlishi shart. Uzoq muddatli yod tanqisligi yurak-qon tomir, suyak, ovqat hazm qilish tizimlaridagi oʻzgarishlar, semizlik, nevrologik kasalliklar, shuningdek, jismoniy va aqliy rivojlanishdagi ortda qolishliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun yod tanqisligi belgilarini payqaganda, oʻz vaqtida shifokor bilan maslahatlashib, profilaktika bilan shugʻullanishingiz va yodga boy ovqatlar iste’mol qilishingiz kerak. ⚡️Sanepidqo‘mita Axborot xizmati Автор Муҳаррир