Har kuni koʻkatlar isteʼmol qilishga 5 ta sabab 1. Ovqat hazm qilishni yaxshilashga va oshqozon «ogʻir» ovqatlarni hazm qilishiga yordam beradi. Shuning uchun u hayvon mahsulotlari bilan birgalikda yaxshidir. 2. Qabziyat muammosi bilan kurashishga qodir, chunki kletchatka manbai hisoblanadi. 3. Immunitetga yordam beradi. Ayniqsa bahorgi infeksion kasalliklarda foydali. 4. B guruh vitaminlarining yuqori miqdori tufayli terining, sochning, tirnoqlarning holatini yaxshilaydi. 5. “Yomon” xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi va qon tomirlari devorlarida tiqinlar paydo boʻlishini oldini oladi.

28.04.2023 0 Автор Муҳаррир