O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 84-sonli Qarori yuzasidan viloyat OITSga qarshi kurash markazi tomonidan Urganch davlat univesiteti bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida volontyorlar tayyorlash boʻyicha o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarda Urganch davlat universitetining Pedagogika, Tabiiy fanlar, Kimyoviy texnologiyalar, Fizika-matematika hamda Xorijiy filologiya fakultetlaridan talaba-yoshlar ishtirok etdilar. O‘quv-seminarni UrDU xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan soʻng, viloyat OITSga qarshi kurash markazi MP va EQITE bo’limi mudiri B.B.Xodjaxanova tomonidan OIV va OITS infeksiyasi to‘g‘risida tushuncha, kasallikning yuqish yo‘llari va OIV infeksiyasi yuqish xavfi yuqori bo‘lgan holatlari haqida maʼlumotlar berildi. Ushbu kasalliklar boʻyicha jahon, respublika hamda viloyatdagi epidemiologik vaziyat, kasallik profilaktikasi haqida taqdimotlar asosida tushuntirish berdilar. Seminar treningda qilingan ma’ruzalar bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Kun tartibidagi mavzular yuzasidan prezintatsiya qilindi, seminar so‘nggida volontyorlarga targ‘ibot ishlarini olib borishlari uchun ma’ruza matni va bukletlar tarqatildi.

27.09.2022 0 Автор Муҳаррир