UrDU Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi dots. B.Rahimova hamda fakultet tyutorlari viloyat OITS ga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda fakultet talabalari o‘rtasida «Biz OITS ga qarshimiz» shiori ostida tadbir o‘tkazdilar. Tadbirda markazning malakali shifokori Shavkat Ataxanov o‘z bilim va malakalari bilan o‘rtoqlashib, talabalarga kasallik haqida ma’lumot berdi va sog’lom turmush tarziga rioya qilish — mukammal hayot garovi ekanligini uqtirdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

22.05.2023 0 Автор Муҳаррир