URGANCH TUMANIDA O‘QUV SEMINAR TASHKIL ETILDI 📋Urganch tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 84-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch tumani hokimligi binosida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tuman Oila xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda xotin-qizlar faollari ishtirokidagi o’quv-seminar tashkil etildi. 🗒Seminarda oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish, kasallikning avj olishi oldini olish yo’llari, birinchi alomatlari aytib o’tildi va muhim tavsiyalar, ko’rsatmalar berildi. 📉Shu bilan birga OIV infeksiyasi yuqush xavfi yuqori bo’lgan guruhlar ko’rsatib o’tildi.

17.09.2022 0 Автор Муҳаррир