Volontyor yoshlar ishtirokida davra suhbati. Bugun, 17-may kuni Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati OITSga qarshi kurash markazi va UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi hamkorligida “OITS va OIV infeksiyasi profilaktikasi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Unda Xorijiy filologiya fakultetining volontyor talaba qizlari ishtirok etishdi. OITS va OIVga qarshi kurash tag’ibotini kuchaytirish hamda bu borada volontyorlar tayyorlash uchrashuvning maqsadini tashkil qiladi. Suhbat yakunida seminar-trening tinglovchilariga bukletlar va plakatlar tarqatildi.

22.05.2023 0 Автор Муҳаррир