Xorazm viloyati IIB JXX XPB boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sevara Xudayberganova, Viloyat OITSga qarshi kurash markazi MP va EQITE bo‘limi sanitariya vrachi Erkinboy Egamberganovlar Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari bilan uchrashdilar. Uchrashuvda OITS profilaktikasi, uning oldini olish, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish kabi masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Ayniqsa, hozirgi globallashuv zamonida doimgidan ham ogoh bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga doimo rioya qilish, ma’nan yetuk shaxs bo‘lishga intilish uchrashuv mazmunini tashkil qiladi. 📝Urganch davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati.

12.04.2023 0 Автор Муҳаррир