“YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIK VA PSIXOTROP MODDALAR TARKALISHIGA QARSHI KURASHISH” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI Bugun, 10-fevral kuni Xorijiy filologiya fakulteti talaba-yoshlari bilan oʻtkazilgan ushbu tadbirda Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bosh shifokor oʻrinbosari D.Polvonov, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi vakili kapitan D.Rajabov, universitet profilaktika inspektori D.Sapayev va fakultet tyutorlari ishtirok etishdi. Tadbirda mutaxassislar tomonidan giyohvandlik illati, unga tobe bо‘lish sabablari, ularning salbiy oqibatlari, psixotrop dori vositalarining yoshlar orasida tarqalishi va uning ta’sirlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

25.02.2023 0 Автор Муҳаррир