February 21, 2026 0 URGANCH TUMANIDA O‘QUV SEMINAR TASHKIL ETILDI 📋Urganch tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 84-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch tumani hokimligi binosida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tuman Oila xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda xotin-qizlar faollari ishtirokidagi o’quv-seminar tashkil etildi. 🗒Seminarda oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish, kasallikning avj olishi oldini olish yo’llari, birinchi alomatlari aytib o’tildi va muhim tavsiyalar, ko’rsatmalar berildi. 📉Shu bilan birga OIV infeksiyasi yuqush xavfi yuqori bo’lgan guruhlar ko’rsatib o’tildi. By wpadmin РубрикаMarkaz yangiliklari
February 21, 2026 0 Yoshlar ishlari agentligi hamda Viloyat OITSga qarshi kurash markazi MP va EQITE bo’limi mudiri B.B.Xodjaxanova va MP va EQITE bo’limi Sanitariya vrachi E.B.Egamberganovlar bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi «O’zbekiston Respublikasiodam immuniteti tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo’yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ’ibot tadbirlari konsepsiyasi tasdiqlash to’g’risida»gi 84-sonli qarori 5-bandini (Yoshlar ishlari agentligi va viloyat OITSga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda xar bir shahar va tumanlarda uyushgan va uyishmagan yoshlar o’rtasida volontyorlar tayyorlash) ijrosini ta’minlash maqsadida mahalladagi yoshlar yetakchilari va volontyor yoshlarni jalb qilgan holda seminar o’tkazildi. By wpadmin РубрикаМарказ янгиликлари
February 21, 2026 0 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 84-sonli Qarori yuzasidan viloyat OITSga qarshi kurash markazi tomonidan Urganch davlat univesiteti bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida volontyorlar tayyorlash boʻyicha o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarda Urganch davlat universitetining Pedagogika, Tabiiy fanlar, Kimyoviy texnologiyalar, Fizika-matematika hamda Xorijiy filologiya fakultetlaridan talaba-yoshlar ishtirok etdilar. O‘quv-seminarni UrDU xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan soʻng, viloyat OITSga qarshi kurash markazi MP va EQITE bo’limi mudiri B.B.Xodjaxanova tomonidan OIV va OITS infeksiyasi to‘g‘risida tushuncha, kasallikning yuqish yo‘llari va OIV infeksiyasi yuqish xavfi yuqori bo‘lgan holatlari haqida maʼlumotlar berildi. Ushbu kasalliklar boʻyicha jahon, respublika hamda viloyatdagi epidemiologik vaziyat, kasallik profilaktikasi haqida taqdimotlar asosida tushuntirish berdilar. Seminar treningda qilingan ma’ruzalar bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Kun tartibidagi mavzular yuzasidan prezintatsiya qilindi, seminar so‘nggida volontyorlarga targ‘ibot ishlarini olib borishlari uchun ma’ruza matni va bukletlar tarqatildi. By wpadmin РубрикаMarkaz yangiliklari
February 21, 2026 0 📋Joiry yilning 28 sentabr kuni Yangariq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 84-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tuman «Yoshlar ishlari agentligi Yangariq tuman bo’limi» bilan hamkorlikda ko’ngilli volontyor yoshlar ishtirokida o’quv-seminar tashkil etildi. 🗒Seminarda oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish, kasallikning avj olishi oldini olish yo’llari, birinchi alomatlari aytib o’tildi va muhim tavsiyalar hamda ko’rsatmalar berildi. 📉Shu bilan birga OIV infeksiyasi yuqush xavfi yuqori bo’lgan guruhlar ko’rsatib o’tildi. By wpadmin РубрикаМарказ янгиликлари