Рубрика: Tibbiyot olami yangiliklari

16.01.2025 0

Gigiyenaga rioya qiling va qoʻlingizni mikroblardan asrang! Mikroblar hamma joyda mavjud — tuproqda, suvda, havoda, oziq-ovqatlarda, bizning tanamizda va terida. Ular zararsiz va zararli boʻlishi mumkin. Zararli mikroblar (patogenlar) turli infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin, masalan: ichak infeksiyalari — dizenteriya, gepatit A, salmonelloz, rotavirus, enterovirus infeksiyasi va boshqalar; oʻtkir respiratorli infeksiyalar — adenovirus, gripp, koronavirus va boshqalar; arazitar kasalliklar — gijjalar – ostritsa, askarida, lambliya va boshqalar; yuqumli teri va zamburugʻli kasalliklari. Qoʻl yuvish — kasalliklarni oldini olishning eng oson va arzon usuli. Qoʻllarni sovun bilan yuvish — zararli mikroblarning inson tanasiga kirib, infeksiyaning kelib chiqishini oldini oladi. Qoʻllarni qachon yuvish kerak? ✈️Jamoat joylarida boʻlgandan soʻng. ✈️Ovqat pishirishdan oldin, pishirish vaqtida va keyin (ayniqsa, xom goʻsht bilan ishlagandan keyin). ✈️Ovqatlanishdan oldin. ✈️Hojatdan keyin. ✈️Burunni qoqqandan, yoʻtalgandan yoki aksirgandan keyin. ✈️Jonzotlar bilan oʻynagandan yoki ularga qaragandan keyin. ✈️Chiqindilarga qoʻl bilan tekkandan keyin. ✈️Infeksiya belgilari boʻlgan odamlarni parvarish qilishdan oldin va keyin. ✈️Yara va jarohatlarni davolashdan oldin va keyin. ✈️Taglikni almashtirgandan oldin va keyin hamda bolalar tuvagini tozalagandan soʻng. ✈️Kir kiyimni ushlagandan soʻng. ✈️Kimyoviy va tozalash vositalari bilan ishlagandan keyin. ✈️Pulni ushlagandan soʻng. ✈️Kontakt linzalarni taqish yoki olib tashlashdan oldin. ✈️Qoʻllaringiz iflos ekanligini payqaganingizda. ❓Qoʻllarni qanday yuvish kerak? Koʻpchilik qoʻllarini notoʻgʻri yuvadilar: sovundan foydalanmaydilar, yoki qoʻllarini qisman (faqat barmoq uchlarini) yoki chala yuvadilar. Qoʻllarni togʻri yuvish uchun: ✔️qoʻlingizni suv ostida xoʻllang; ✔️qoʻllarni sovunlab, barcha yuzalarini, shu jumladan kaftlarning orqa tarafi, barmoqlar orasi va tirnoq ostini kamida 40-60 soniya davomida yaxshilab ishqalang; ✔️qoʻllarni suv bilan chayib tashlang; ✔️qoʻllarni toza, quruq sochiq yoki qogʻoz salfetka bilan yaxshilab quriting. ⚡️Sanepidqo‘mita Axborot xizmati

Автор Муҳаррир