February 21, 2026
20-fevral kuni Texnika fakultetida 232-SHQXT guruhi talabalari ishtirokida «OITS ni oldini olish» mavzusida uchrashuv o’tkazildi. Unda viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi shifokori Sh.Abdullayev ishtirok etib, OIV infeksiyasidan saqlanish, uning yuqish yo’llari, profilaktikasi, viloyatimizda bu infeksiyasini oldini olish borasida qilinayotgan samarali chora-tadbirlar to’g’risida ma’lumotlar berdi.
РубрикаMarkaz yangiliklari

