OITS ning genofondga tasiri February 21, 2026 0 By wpadmin OITS epidemiyasi boshlanganidan beri 40 yildan ortiq vaqt o’tdi, ammo OIV bilan yashaydigan odamlarga nisbatan stigma va diskriminatsiya hali ham mavjud. Aynan stigma tufayli odamlar OIV-testini topshirishda va davolanishdan qo’rqishadi hamda jamiyatdan o’zlarini cheklashtirishadi. Diskriminatsiyaga barham berish OIV testi uchun kengroq aholini qamrab olishga va OIV holatlarini vaqtida aniqlash, o’z statusini qabul qilish va o’z vaqtida ART qabul qilish sabablaridan biri bo’lishi mumkin. «OIV infeksiyasi profilaktikasi, yuqish yo’llari va uning oqibatlari» mavzusida seminar tashkil etildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari o’rtasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida Viloyat OITSga qarshi kurash markazi bo’lim mudiri Xodjaxanova.B ishtirokida «OIV infeksiyasi profilaktikasi, yuqish yo’llari va uning oqibatlari» mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar davomida sog’lom turmush tarzini targib qilish, sog’lom avlodni tarbiyalash bo’yicha hamda OIV bilan og’ringanlarning respublika bo’yicha raqamlardagi statistik ma’lumoti, davolash va undan saqlanish yo’llari haqida so’z bordi. Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga soha mutaxassisidan kerakli javoblarni oldilar.