February 21, 2026 0 UrDU Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi dots. B.Rahimova hamda fakultet tyutorlari viloyat OITS ga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda fakultet talabalari o‘rtasida «Biz OITS ga qarshimiz» shiori ostida tadbir o‘tkazdilar. Tadbirda markazning malakali shifokori Shavkat Ataxanov o‘z bilim va malakalari bilan o‘rtoqlashib, talabalarga kasallik haqida ma’lumot berdi va sog’lom turmush tarziga rioya qilish — mukammal hayot garovi ekanligini uqtirdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi. By wpadmin РубрикаМарказ янгиликлари
February 21, 2026 0 Ranch хусусий Университетида «1-декабр-Бутунжахон ОИТСга қарши кураш куни» муносабати тарғибот тадбири ўтказилди. Тадбирда вилоят ОИТСга қарши курашиш маркази УПваЭҚТТЭ бўлими мудири томонидан «ОИВ инфекцияси профиликтикаси» мавзусида презентация қилинди By wpadmin РубрикаMarkaz yangiliklari
February 21, 2026 0 O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq shaxs OIV kasalligi bilan yashab kelmoqda Bu kasallik tuzalmas dard bo‘lib, shu infeksiyaga chalingan bemorlar umrining oxirigacha virusga qarshi dori preparatlarini qabul qilib yurishlari zarur. By wpadmin РубрикаМарказ янгиликлари
February 21, 2026 0 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 84-sonli Qarori yuzasidan viloyat OITSga qarshi kurash markazi tomonidan Urganch davlat univesiteti bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida volontyorlar tayyorlash boʻyicha o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarda Urganch davlat universitetining Pedagogika, Tabiiy fanlar, Kimyoviy texnologiyalar, Fizika-matematika hamda Xorijiy filologiya fakultetlaridan talaba-yoshlar ishtirok etdilar. O‘quv-seminarni UrDU xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan soʻng, viloyat OITSga qarshi kurash markazi MP va EQITE bo’limi mudiri B.B.Xodjaxanova tomonidan OIV va OITS infeksiyasi to‘g‘risida tushuncha, kasallikning yuqish yo‘llari va OIV infeksiyasi yuqish xavfi yuqori bo‘lgan holatlari haqida maʼlumotlar berildi. Ushbu kasalliklar boʻyicha jahon, respublika hamda viloyatdagi epidemiologik vaziyat, kasallik profilaktikasi haqida taqdimotlar asosida tushuntirish berdilar. Seminar treningda qilingan ma’ruzalar bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Kun tartibidagi mavzular yuzasidan prezintatsiya qilindi, seminar so‘nggida volontyorlarga targ‘ibot ishlarini olib borishlari uchun ma’ruza matni va bukletlar tarqatildi. By wpadmin РубрикаMarkaz yangiliklari
February 21, 2026 0 «OIV infeksiyasi profilaktikasi, yuqish yo’llari va uning oqibatlari» mavzusida seminar tashkil etildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari o’rtasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida Viloyat OITSga qarshi kurash markazi bo’lim mudiri Xodjaxanova.B ishtirokida «OIV infeksiyasi profilaktikasi, yuqish yo’llari va uning oqibatlari» mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar davomida sog’lom turmush tarzini targib qilish, sog’lom avlodni tarbiyalash bo’yicha hamda OIV bilan og’ringanlarning respublika bo’yicha raqamlardagi statistik ma’lumoti, davolash va undan saqlanish yo’llari haqida so’z bordi. Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga soha mutaxassisidan kerakli javoblarni oldilar. By wpadmin РубрикаМарказ янгиликлари
February 21, 2026 0 OITS epidemiyasi boshlanganidan beri 40 yildan ortiq vaqt o’tdi, ammo OIV bilan yashaydigan odamlarga nisbatan stigma va diskriminatsiya hali ham mavjud. Aynan stigma tufayli odamlar OIV-testini topshirishda va davolanishdan qo’rqishadi hamda jamiyatdan o’zlarini cheklashtirishadi. Diskriminatsiyaga barham berish OIV testi uchun kengroq aholini qamrab olishga va OIV holatlarini vaqtida aniqlash, o’z statusini qabul qilish va o’z vaqtida ART qabul qilish sabablaridan biri bo’lishi mumkin. By wpadmin РубрикаМарказ янгиликлари
February 21, 2026 0 Nima uchun och qoringa suv ichish kerak. Ertalab och qoringa suv ichish tavsiya etiladi. Bu qandli diabet, semizlik, gormonal muvozanat, artrit, aritmiya, migren, buyrak yetishmovchiligi kabi kasalliklardan xalos bo’lishga yordam beradi. Ro’yxatni uzoq vaqt davom ettirish mumkin — sizga ma’lumki, barcha ichki organlar oshqozon-ichak traktining to’g’ri ishlashiga bog’liq. Oshqozon va ichaklar sog’lom bo’lsa, boshqa kasalliklar orqaga chekinadi! Ertalab bir stakan suv ichaklarni tozalashga, oshqozon osti bezi va oshqozon ishini normallashtirishga yordam beradi. By wpadmin РубрикаМарказ янгиликлари
February 21, 2026 0 Butun dunyoda, xususan mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarni“Giyohvandlik va OITS” dan asrash, bu bedavo dardni tarqalishining oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda, joriy yilning 1-fevral sanasida TTA Urganch filialida “Giyohvandlik va OITS asr vabosi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda filial profilaktika inspektori, leytenant A.A.Aminov , Xorazm viloyat OITSga qarshi kurash markazi Epidemiologiya bo‘limi boshlig‘i D.Sh.Ollamov va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.I.Samandarovlar ishtirok etishdi. 🔹BATAFSIL📖🖊 TTA Urganch filiali Matbuot xizmati. By wpadmin РубрикаMarkaz yangiliklari
February 21, 2026 0 Alomatlar OITS bilan kasallangan bemorlarda kasallikning boshlanishini aniqlash juda qiyin. Uning dastlabki belgilari: ☘️shishgan limfa tugunlari; ☘️grippga o’xshash patologik holatlar (yo’tal, isitma, ishtahani yo’qotish, tana og’rig’i, charchoq, umumiy zaiflik). Boshqa alomatlar ushbu alomatlarga ega bo’lishi mumkin. Ammo agar kishi jinsiy aloqada bo’lgan bo’lsa yoki qandaydir tibbiy aralashuv bo’lsa, u holda OIV infeksiyasi uchun qon testini o’tkazish kerak. Yuqtirilgan odamda alomatlar bo’lmasligi mumkin, ammo bunga qaramay, u boshqa odamga yuqishi mumkin. Ba’zida infektsiyadan bir necha yil o’tgach, OITS virusi immunitet hujayralarini yuqtirganda, kasallikning kech belgilari paydo bo’ladi: ☘️doimiy tunda terlash va isitma; ☘️doimiy charchoq; ☘️hech qanday sababsiz vazn va ishtahani yo’qotish; ☘️kengaygan va og’riqli limfa tugunlari; ☘️teri, og’iz va burundagi o’smalar to’q qizil rangga ega; ☘️tez-tez o’tkir respiratorli infektsiyalar; ☘️quruq yo’tal, yuzaki nafas olish. By wpadmin РубрикаMarkaz yangiliklari