‼️ Joriy yilning 11-15 sentabr kunlari Moskva shahrida “OIV infeksiyasining dolzarb masalalari, ya’ni tashxis qo‘yish, davolash, oldini olish va OIV bilan yashayotgan shaxslar bilan muloqot asoslari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. ✅ Unda Respublika bo‘yicha 15 ta hududiy OITSga qarshi kurash markazlaridan 15 nafar vrach epidemiolog ishtirok etdi. Tadbir tashkilotchilari uchun «LaSky» markazi, migrantlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolari bilan ishlash bo‘yicha NNT va OIV infeksiyali shaxslarni stasionar davolovchi «H-Clinik» klinikasiga safar uyushtirildi. Seminar ishtirokchilariga Moskvadagi amaliy epidemiologlar bilan videokonferensiya orqali muloqot qilish imkoniyati yaratildi. ✅ Shu bilan birga “Bolalar o‘rtasida OIV infeksiyasining dolzarb muammolari” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada OITSga qarshi kurashish markazi epidemiologlari, OIV bilan tug‘ilgan bolalarga tashxisini kech oshkor etish muammolari va Respublikamizda “OIV infeksiyasi” bo‘yicha yangicha yondoshuvni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ldilar.

27.09.2023 0 Автор Муҳаррир