ANONIM XONA

10.01.2024 0 Автор Муҳаррир

Asosiy qoidalar

1. Respublika OITSga qarshi kurashish markazi va viloyatlar OITSga qarshi kurashish markazlarida anonim xonalar tashkil etilgan. Anonim xonalarning faoliyatini uslubiy boshqarish va nazorat qilish Respublika OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

2. Anonim xona 2 xonadan iborat bo‘ladi, 1-xonada shifokor tekshiriluvchilarga testdan oldingi  maslahat utkazadii, 2-xona muolaja xonasi OIVga qon namunasini olish maqsadida foydalaniladi ,  konfidensiallik va ixtiyoriylik tamoyillari asosida aholiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

3. Anonim xonaning samarali ishlashining asosiy shartiishonchli aloqalarni o’rnatish, tibbiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslikka rioya qilishdir.

4. Anonim xonaning asosiy maqsadi OIV uchun qon namunasini olishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz amalga oshirishdir.

5. Tekshiruv natijasi musbat bo‘lganda, tekshirilayotgan shaxsdan shaxsini tasdiqlovchi rasmiy hujjat asosida qon namunasi olinadi.

6. Tahlil natijalari testdan keyingi maslahat jarayonida shaxsga ma’lum qilinadi, telefon orqali ma’lumot berilmaydi.

7. Klinik-epidemiologik ko’rsatma bilan murojaat qilgan shaxslarni, shaxsini tasdiqlovchi  hujjat asosida bepul ravishda tekshirilishini amalga oshiradi.