22.05.2023 0 UrDU Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi dots. B.Rahimova hamda fakultet tyutorlari viloyat OITS ga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda fakultet talabalari o‘rtasida «Biz OITS ga qarshimiz» shiori ostida tadbir o‘tkazdilar. Tadbirda markazning malakali shifokori Shavkat Ataxanov o‘z bilim va malakalari bilan o‘rtoqlashib, talabalarga kasallik haqida ma’lumot berdi va sog’lom turmush tarziga rioya qilish — mukammal hayot garovi ekanligini uqtirdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi. Автор Муҳаррир
22.05.2023 0 Урганч давлат университети Тарих факултети талабалари ўртасида вилоят ОИТСга қарши кураш маркази МП ва ЭҚИТЭ бўлими эпидемиолог врачи Ш.Ш.Абдуллоев иштирокида ОИВ инфекциясини олдини олиш мавзусида маъруза ўқилди. Автор Муҳаррир
22.05.2023 0 Volontyor yoshlar ishtirokida davra suhbati. Bugun, 17-may kuni Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati OITSga qarshi kurash markazi va UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi hamkorligida “OITS va OIV infeksiyasi profilaktikasi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Unda Xorijiy filologiya fakultetining volontyor talaba qizlari ishtirok etishdi. OITS va OIVga qarshi kurash tag’ibotini kuchaytirish hamda bu borada volontyorlar tayyorlash uchrashuvning maqsadini tashkil qiladi. Suhbat yakunida seminar-trening tinglovchilariga bukletlar va plakatlar tarqatildi. Автор Муҳаррир
22.05.2023 0 2023 йил 16 май куни Урганч шахар 17-сон умумий ўрта таълим мактабида вилоят ОИТСга қарши кураш маркази МП ва ЭҚИТЭ бўлими санитария врачи Э.Б.Эгамберганов томонидан юқори синф ўқувчилари ўртасида ОИВ инфекциясини олдини олиш бўйича маъруза ўқилди. Автор Муҳаррир